Greenfield katalogi
Golden Ceylon 100pak
Greenfield Golden Ceylon – o‘tkir, lekin muvozanatli ziravorli ta’m ohanglari bilan ajralib turadi. Uning boy va to‘liq lazzati, nafis aromati bu choyning asl kelib chiqishini va betakrorligini ta’kidlaydi.
Kenyan Sunrise 100pak
Greenfield Kenyan Sunrise — bu choyning boy, to‘yingan va biroz achchiq ta’mi, nafis hidi bilan ajralib turadi. U abadiy Afrikaning asl, o‘zgarmas tabiatini eslatadi. Uning yantar rangli damlamasining bayramona yorqinligi esa go‘yo butun yil davomida Kericho plantatsiyalarini nurlantirib turadigan issiq Afrika quyoshining aksidek jilolanadi.
English Edition 100pak
Nufuzli Nuwara Eliya tog‘li plantatsiyalarida yetishtirilgan nozik seyolon choyi Greenfield English Edition o‘zining betakror lazzati bilan ajralib turadi. Maxsus joyda terilgan va zich o‘ralgan choy barglari mukammal uyg‘unlikdagi boy ta’mni yaratadi — unda yengil ziravor ohanglari eshitiladi, yorqin, ammo nozik hid esa asal va gul notalarini yaqqol ifodalaydi.
Classic Breakfast 100pak
Shimoliy Hindistonning eng mashhur plantatsiyalaridan olingan noyob choy navlari Greenfield Classic Breakfast tarkibini tashkil etadi. Uning nordon va shirali ta’mi, nozik aromati hamda kuchli tetiklantiruvchi ta’siri Greenfield Classic Breakfastni ertalabki choy uchun eng ideal tanlovga aylantiradi.
Earl Grey Fantasy 100pak
Sitrus aromatlarining yengil havodor ohangi Uva plantatsiyalarida yetishtirilgan Seylon choyining boy ta’mini yanada ajratib ko‘rsatadi va Greenfield Earl Grey Fantasyning nafis kompozitsiyasiga o‘ziga xos noziklik bag‘ishlaydi.
Magic Yunnan 100pak
Xitoyning mashhur Yun’nan tog‘li plantatsiyalarida yetishtirilgan ajoyib qora choy ikki nozik ta’m ohangining — “tutunli” aroma va yengil quruq olxo‘ri tusining — kutilmagan uyg‘unligi bilan hayratga soladi. Greenfield Magic Yunnan choyining betakror ta’mi qalbni hayajonga soladi va tasavvurni boyitadi.
Flying Dragon 100pak
Xitoy yashil choyini yaratishning ming yillik an’anasi Greenfield Flying Dragonning nafis plantatsion choyida o‘z davom etishini topgan. Flying Dragon choyining klassik yumshoq ta’mi va nozik gullar aromati insonni yangilaydi, kuch bag‘ishlaydi hamda organizmga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Jasmine Dream 100pak
Yengil yasemin hidi Yunnan provinsiyasining nafis yashil choyi sof va tetiklantiruvchi ta’mini yanada ajratib turadi. Greenfield Jasmine Dream bilan birga bahor kayfiyati kirib keladi.
Spring Melody 100pak
Hindistonning qimmatbaho choy navlariga xos yoqimli achchiq ta’m, timьanning o‘tkir ohangi va yalpizning salqin notasi Greenfield Spring Melody choyining betakror buketini yaratadi — u bahor nafasi kabi yengil, yorqin va yangilovchi. Xushbo‘y o‘simliklarning hidini eslatuvchi nozik aroma choyning o‘ziga xos ta’mini yanada ajratib turadi. Ajoyib tarzda tetiklantiradi va chanqovni bosadi.