Golden Ceylon 200g
Greenfield Golden Ceylon – o‘tkir, lekin muvozanatli ziravorli ta’m ohanglari bilan ajralib turadi. Uning boy va to‘liq lazzati, nafis aromati bu choyning asl kelib chiqishini va betakrorligini ta’kidlaydi.
Kenyan Sunrise 200g
Greenfield Kenyan Sunrise — bu choyning boy, to‘yingan va biroz achchiq ta’mi, nafis hidi bilan ajralib turadi. U abadiy Afrikaning asl, o‘zgarmas tabiatini eslatadi. Uning yantar rangli damlamasining bayramona yorqinligi esa go‘yo butun yil davomida Kericho plantatsiyalarini nurlantirib turadigan issiq Afrika quyoshining aksidek jilolanadi.
English Edition 200g
Nufuzli Nuwara Eliya tog‘li plantatsiyalarida yetishtirilgan nozik seyolon choyi Greenfield English Edition o‘zining betakror lazzati bilan ajralib turadi. Maxsus joyda terilgan va zich o‘ralgan choy barglari mukammal uyg‘unlikdagi boy ta’mni yaratadi — unda yengil ziravor ohanglari eshitiladi, yorqin, ammo nozik hid esa asal va gul notalarini yaqqol ifodalaydi.
Classic Breakfast 200g
Shimoliy Hindistonning eng mashhur plantatsiyalaridan olingan noyob choy navlari Greenfield Classic Breakfast tarkibini tashkil etadi. Uning nordon va shirali ta’mi, nozik aromati hamda kuchli tetiklantiruvchi ta’siri Greenfield Classic Breakfastni ertalabki choy uchun eng ideal tanlovga aylantiradi.
Earl Grey Fantasy 200g
Sitrus aromatlarining yengil havodor ohangi Uva plantatsiyalarida yetishtirilgan Seylon choyining boy ta’mini yanada ajratib ko‘rsatadi va Greenfield Earl Grey Fantasyning nafis kompozitsiyasiga o‘ziga xos noziklik bag‘ishlaydi.
Magic Yunnan 200g
Xitoyning mashhur Yun’nan tog‘li plantatsiyalarida yetishtirilgan ajoyib qora choy ikki nozik ta’m ohangining — “tutunli” aroma va yengil quruq olxo‘ri tusining — kutilmagan uyg‘unligi bilan hayratga soladi. Greenfield Magic Yunnan choyining betakror ta’mi qalbni hayajonga soladi va tasavvurni boyitadi.