Gourmand Pear
Yorqin Greenfield Gourmand Pear kompozitsiyasida ajoyib qora choyning o‘tkir ohanglari, gibiskusning nordonligi, pishgan nokning sharbatiy ta’mi va bazilikaning nozik ziravorligi mohirona uyg‘unlashgan. Yengil, biroz shirin nok ifori esa ta’m palitrasining boyligini yanada ochib beradi va buketga o‘ziga xos nafislik baxsh etadi.
Strawberry Bloom
Asl Greenfield Strawberry Bloom kompozitsiyasida Hindistonning eng yaxshi plantatsiyalarida yetishtirilgan qora choyga gibiskusning yengil nordonligi va qulupnayaning yorqin sharbatiy ta’mi uyg‘unlik bag‘ishlaydi. Atirgulning jozibali ifori esa bu buketni nozik, yoqimli shirin hid bilan to‘ldiradi.
Oriental Lime
Ajoyib Greenfield Oriental Lime kompozitsiyasi achimtir laym sharbatiy ta’mini va tanlab olingan qora choyning boy, nafis to‘yintiligini uyg‘un tarzda birlashtiradi. Limon o‘tining (lemongrass) yengil o‘simliksimon ohangi bilan boyitilgan sitrus iforining yangiligi yengillik va chuqurlik o‘rtasida mukammal muvozanat yaratadi.
Premium Assam 25pak
Mashhur Assam provinsiyasining plantatsiyalarida yetishtirilgan Greenfield Premium Assam choyi o‘zining nordon va ziravorli ta’mi hamda yorqin, yangilantiruvchi aromati bilan ajralib turadi.
Magic Yunnan 25pak
Xitoyning mashhur Yun’nan tog‘li plantatsiyalarida yetishtirilgan ajoyib qora choy ikki nozik ta’m ohangining — “tutunli” aroma va yengil quruq olxo‘ri tusining — kutilmagan uyg‘unligi bilan hayratga soladi. Greenfield Magic Yunnan choyining betakror ta’mi qalbni hayajonga soladi va tasavvurni boyitadi.
Earl Grey Fantasy 25pak
Sitrus aromatlarining yengil havodor ohangi Uva plantatsiyalarida yetishtirilgan Seylon choyining boy ta’mini yanada ajratib ko‘rsatadi va Greenfield Earl Grey Fantasyning nafis kompozitsiyasiga o‘ziga xos noziklik bag‘ishlaydi.
Classic Breakfast 25pak
Shimoliy Hindistonning eng mashhur plantatsiyalaridan olingan noyob choy navlari Greenfield Classic Breakfast tarkibini tashkil etadi. Uning nordon va shirali ta’mi, nozik aromati hamda kuchli tetiklantiruvchi ta’siri Greenfield Classic Breakfastni ertalabki choy uchun eng ideal tanlovga aylantiradi.
English Edition 25pak
Nufuzli Nuwara Eliya tog‘li plantatsiyalarida yetishtirilgan nozik seyolon choyi Greenfield English Edition o‘zining betakror lazzati bilan ajralib turadi. Maxsus joyda terilgan va zich o‘ralgan choy barglari mukammal uyg‘unlikdagi boy ta’mni yaratadi — unda yengil ziravor ohanglari eshitiladi, yorqin, ammo nozik hid esa asal va gul notalarini yaqqol ifodalaydi.
Kenyan Sunrise 25pak
Greenfield Kenyan Sunrise — bu choyning boy, to‘yingan va biroz achchiq ta’mi, nafis hidi bilan ajralib turadi. U abadiy Afrikaning asl, o‘zgarmas tabiatini eslatadi. Uning yantar rangli damlamasining bayramona yorqinligi esa go‘yo butun yil davomida Kericho plantatsiyalarini nurlantirib turadigan issiq Afrika quyoshining aksidek jilolanadi.